Biz shunchaki orzu qiluvchilar emasmiz. Biz — harakat qiluvchilarmiz. 2027-yilgacha bo'lgan poyga boshlandi.
026 — bu shunchaki raqam emas. Bu 2026-yil degani. Bizning maqsadimiz — 2026-yildan 2027-yil kirib kelguncha 365 kunda o'zimizning eng yaxshi versiyamizga aylanish.
Kunlik o'sish
Katta o'zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Har kuni kechagidan 1% yaxshiroq bo'l.
Yolg'iz yursang tez borasan, birga yursang uzoqqa borasan. Biz bir-birimizni nazorat qilamiz va qo'llab-quvvatlaymiz.
Biz birgalikda rivojlanamiz, bir-birimizni nazorat qilamiz va natijaga erishamiz.
Maqsad2026 — bu shunchaki reja emas, bu 2027-yilgacha bo'lgan masofada o'z hayotini o'zgartirishni istaganlar uchun chellenj. Har bir ishtirokchi o'z oldiga aniq maqsad qo'yadi va buni hammani oldida e'lon qiladi.
Ro'yxatdan o'tgach, siz maxfiy guruhga qo'shilasiz. Bu yerda hamma har kuni qilgan ishlari haqida hisobot yuboradi, admin yuborilgan kun uchun leaderboard dagi profilida 'bajarildi' deb qo'yadi
Ushbu sayt guruhdagi barcha hisobotlarni jamlab boradi. Kim eng faol, kim o'z maqsadiga sadoqatli — barchasi leaderboard (reyting) orqali ko'rinib turadi. Bu sog'lom raqobatni shakllantiradi.
Motto
"Siz o'z kelajagingizni o'zgartira olmaysiz, lekin odatlaringizni o'zgartira olasiz. Odatlaringiz esa kelajagingizni o'zgartiradi."
© 2025 BilimCore & 026 Project. All rights reserved.
Designed for the Future.